Savr Avenue — bu turar joy ko‘chmas mulki, biznes-markaz, mehmonxona, tijorat maydonlari va rezidentlarning qulay hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilmani o‘zida mujassam etgan ko‘p funksiyali majmuadir. Majmua poytaxtning eng gavjum ko‘chalaridan birida joylashgan.
Savr Avenue — o‘z vaqtini qadrlaydiganlar uchun ideal yechim: bu yerda apartament xarid qilish bilan birga, sizga qulay hajmdagi ofis maydonini sotib olish yoki ijaraga olish ham mumkin. Natijada yo‘llarda va tirbandliklarda ketadigan vaqt tejaladi, eng muhim narsalar esa doimo qo‘lingiz ostida bo‘ladi.
Bu yerda nafaqat rezidentlarning qulayligi va xavfsizligi puxta o‘ylangan, balki majmua hududida to‘laqonli hayot uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratilgan. Go‘yo shahar ichidagi shahar kabi, Savr Avenue’da faol dam olish maydonchalari, ko‘plab tijorat obyektlari — supermarketlar, go‘zallik salonlari, butiklar, xo‘jalik do‘konlari, dorixonalar, kafelar va yana ko‘plab xizmatlar bo‘ladi. Keling, bularning barchasi haqida batafsilroq gapirib beraman.