«NASIM» turar-joy majmuasi — Toshkent shahridagi zamonaviy turar-joy mavzesi bo‘lib, zamonaviy megapolis aholisi ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda loyihalashtirilgan.
Loyiha ustida ishlash jarayonida biz hayotning turli ssenariylarini puxta o‘ylab, ularni amalda ro‘yobga chiqardik. Bu yerda farzandli yosh oilalar, talabalar, yosh mutaxassislar, shuningdek, shahar mehmonlari ham o‘zlarini qulay his etadilar.
Sport va o‘yin maydonchalari, kovorking zonalari, bolalar rivojlantiruvchi maydonchalari, sokin va soya-salqin dam olish hududlari, sayr xiyobonlari hamda Qoraqamish kanali bo‘ylab obodonlashtirilgan sohil.